- Ovozingiz, savollaringiz, javoblar va Telegram xabarlaringiz serverimizda saqlanmaydi.
- Biz faqat hisobingiz (ism, e-pochta) va so‘rovlar soni, vaqti kabi texnik ma’lumotlarni yuritamiz.
- Kirish kodi va Telegram sessiyasi faqat kompyuteringizdagi macOS Keychain’da turadi.
- Ma’lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
1. Ushbu siyosat nima haqida
Ushbu Maxfiylik siyosati Nodd («biz») nodd.uz sayti, foydalanuvchi kabineti va Nodd macOS ilovasi (birgalikda — «Xizmat») orqali qanday ma’lumotlarni yig‘ishi, ulardan qanday foydalanishi va ularni qanday himoya qilishini tushuntiradi. Xizmatdan foydalanib, siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.
2. Biz yig‘adigan ma’lumotlar
- Hisob ma’lumotlari. Google orqali kirganingizda: ismingiz, e-pochta manzilingiz, profil rasmingiz va Google hisob identifikatori. Google parolingizni biz hech qachon ko‘rmaymiz.
- Kirish kodi. Kodning o‘zi saqlanmaydi — faqat qaytarib bo‘lmaydigan xesh ko‘rinishi va tanib olish uchun oxirgi 4 belgisi.
- Foydalanish metama’lumotlari. Har bir so‘rovning vaqti, turi (masalan, suhbat yoki nutqni tanish), natija kodi, davomiyligi hamda ilova yoki brauzer versiyasi. So‘rovning mazmuni bunga kirmaydi.
- Sessiya ma’lumotlari. Saytga kirganingizda — kirish cookie’si, brauzer turi va oxirgi faollik vaqti.
3. Biz yig‘MAYDIGAN ma’lumotlar
Ovoz yozuvlaringiz, savol va javoblar matni, Telegram xabarlari, kontaktlaringiz, eslatmalar va «xotira» mazmuni serverimizda saqlanmaydi va logga yozilmaydi. Ular faqat so‘rovni bajarish vaqtidagina uzatiladi.
4. Kompyuteringizda qoladigan ma’lumotlar
Kirish kodi va Telegram sessiyasi macOS Keychain’da saqlanadi. Ilova sozlamalari, eslatmalar va siz «eslab qol» degan ma’lumotlar kompyuteringizdagi ilova papkasida turadi. Ularni ilovadan yoki «Hammasini unut» buyrug‘i bilan o‘chirishingiz mumkin.
5. So‘rovlaringiz qanday qayta ishlanadi
Nodd nutqni tanishi va javob berishi uchun ovozingiz hamda matnlaringiz real vaqtda serverimiz orqali ishonchli bulutli AI infratuzilma hamkorlariga uzatiladi va natija sizga qaytariladi. Serverimiz bu mazmunni saqlamaydi. Hamkorlarimiz ma’lumotni faqat so‘rovni bajarish uchun, o‘z maxfiylik va xavfsizlik majburiyatlari doirasida qayta ishlaydi.
6. Telegram
Telegram’ni ulash ixtiyoriy. Ulanganingizda Nodd akkauntingizga kompyuteringizdan bevosita kiradi; xabarlaringiz serverimiz orqali saqlanmaydi. Xabar yuborish, tahrirlash va o‘chirish faqat siz ovoz bilan tasdiqlaganingizdan keyin bajariladi. Ulanishni istalgan vaqtda Telegram → Sozlamalar → Qurilmalar orqali uzishingiz mumkin.
7. Ma’lumotlardan nima uchun foydalanamiz
- Xizmatni ko‘rsatish, hisobingizni yuritish va kunlik limitni hisoblash;
- xavfsizlikni ta’minlash, suiiste’mol va firibgarlikning oldini olish;
- xatolarni topish, xizmat barqarorligini kuzatish va uni yaxshilash;
- muhim o‘zgarishlar haqida sizga xabar berish.
Ma’lumotlaringizni sotmaymiz, ijaraga bermaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.
8. Kimlar bilan ulashamiz
Faqat: (a) 5-bo‘limda ko‘rsatilgan, xizmat ishlashi uchun zarur texnik hamkorlar bilan; (b) qonun talab qilgan hollarda vakolatli davlat organlari bilan; (c) sizning aniq roziligingiz bilan.
9. Saqlash muddati
- Foydalanish metama’lumotlari — 30 kun, keyin avtomatik o‘chiriladi;
- hisob ma’lumotlari — hisobingiz faol ekan yoki uni o‘chirishni so‘raguningizcha;
- zaxira nusxalar — 14 kungacha.
10. Xavfsizlik
Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi. Kirish kodlari va sessiyalar faqat xesh ko‘rinishida saqlanadi. Ma’lumotlarga kirish huquqi minimal doiradagi xodimlar bilan cheklangan. Shunga qaramay, internet orqali uzatishning hech bir usuli 100% xavfsiz emas.
11. Sizning huquqlaringiz
Siz o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni ko‘rish, tuzatish yoki hisobingizni butunlay o‘chirishni talab qilishingiz mumkin. Buning uchun [email protected] ga ro‘yxatdan o‘tgan e-pochtangizdan yozing — so‘rovingizni 30 kun ichida bajaramiz.
12. Cookie’lar
Biz faqat kabinetga kirish uchun zarur bo‘lgan sessiya cookie’sidan va Google orqali kirish vositasidan foydalanamiz. Saytda cookie ishlatmaydigan, anonim tashriflar statistikasi yuritiladi. Reklama yoki kuzatuv cookie’lari ishlatilmaydi.
13. Bolalar
Xizmat 13 yoshga to‘lmagan bolalar uchun mo‘ljallanmagan. Agar bola ma’lumotlari bizga tushib qolganini bilsangiz, biz bilan bog‘laning — ularni o‘chiramiz.
14. O‘zgarishlar
Ushbu siyosatni vaqti-vaqti bilan yangilashimiz mumkin. Muhim o‘zgarishlar haqida saytda yoki e-pochta orqali oldindan xabar beramiz. Sahifa tepasidagi sana oxirgi yangilanishni bildiradi.
15. Aloqa
Maxfiylik bo‘yicha savollar uchun: e-pochta [email protected], Telegram @shokirjonov_011.